Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Doriyev Superligada «gol+pas» tizimi bo‘yicha katta farq bilan yetakchi

Doriyev Superligada «gol+pas» tizimi bo‘yicha katta farq bilan yetakchi

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona» futbolchisi Lyupcho Doriyev O‘zbekiston Superligasida «gol+pas» tizimi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. U joriy mavsumda 13 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan — jami 19 ta samarali harakat.

Ikkinchi o‘rinda «Neftchi» yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bormoqda. Uning hisobida 5 ta gol va 9 ta assist bor. Iskanderov 14 ta samarali harakat bilan Doriyevning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turibdi.

«Neftchi» hujumchisi Stipe Perisa 10 ta gol bilan 10 ochko jamg‘argan. Xuddi shunday ko‘rsatkichga yana to‘rt futbolchi ega: «Dinamo» vakili Anvarjon Hojimirzayev — 9+1, «Lokomotiv» hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov — 9+1, «Paxtakor» futbolchisi Stefen Chinedu — 8+2 va Dostonbek Hamdamov — 7+3.

Shu tariqa, Doriyev «gol+pas» ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi Iskanderovdan 5 ochko, keyingi ta’qibchilardan esa 9 ochko oldinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:50, 28.08.2026.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик