«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa ichidagi muhit haqida fikr bildirdi.
«Jamoa yaxshi ishlayapti. Biz ikkita yaxshi uchrashuv o‘tkazdik va endi yana sifatli o‘yin ko‘rsatishga e’tibor qaratyapmiz», — dedi argentinalik mutaxassis jurnalistlarga.
Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi 1-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Malaga»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Keyingi turda esa madridliklar «Vilyarreal» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Chempionatning 3-turidan o‘rin olgan «Sevilya» — «Atletiko» uchrashuvi 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.













