«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Madridning «Real» klubidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis bu davrni DAZN efirida esladi.
«Real»ni boshqarish men uchun ulkan tajriba va katta saboq bo‘ldi. Albatta, u yerdagi faoliyatim yaxshiroq kechishini istardim, ammo hammasi qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday bo‘ldi. Men «Real»dan doimo minnatdor bo‘lib qolaman. Men madridistman va umrbod shunday qolaman. Bu klub bilan 20 yildan ortiq vaqt bog‘liq bo‘ldim va bu tuyg‘uni doimo qalbimda saqlayman», — dedi Arbeloa.
Arbeloa 2025/26 yilgi mavsumda bir necha oy davomida «Real» asosiy jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunlagan va Chempionlar ligasida chorak finalgacha yetib borgan.













