O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu hafta O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradigan futbolchi va rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan jami olti nafar klub vakili joy olgan.

O‘zbekiston kubogi nimchorak finali doirasida 29 avgust kuni «Surxon» — «Guliston» va «Neftchi» — «Paxtakor», 30 avgustda esa «So‘g‘diyona» — «QMU Jayxun» hamda «Navbahor» — «Nasaf» uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu bahslarda g‘olib chiqqan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi.













