«Milan» rahbariyati yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi qiziqish bildirayotgan futbolchilardan biri «Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Omari Xatchinson hisoblanadi. «Rossonerilar» 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «Nottingem Forest»ga so‘rov yubordi.
Xatchinson o‘tgan yilning avgustida «o‘rmonchilar» safiga qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Transfermarkt Omari Xatchinsonning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.













