«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager jamoa yarim himoyachisi Florian Virsni tanqid qildi.
«Odamlar undan nimani kutayotganini tushunmayapman. U bilan nima qilish kerak? Futbolchilar Premyer-ligaga moslashishi uchun bir yil kerak, degan fikrni afsona deb hisoblayman. Umuman, uning jamoaga qayerda foydasi tegishi mumkinligini ko‘rmayapman.
Bunday davom etishi mumkin emas. Bu ish bermayapti. O‘tgan mavsumda ham ish bermagan. Menimcha, biz u jamoaga endi mos kelmay qoladigan nuqtaga asta-sekin yaqinlashyapmiz», — deya Karragerning so‘zlarini Sports of the Day keltirmoqda.
Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Nyukasl Yunayted»ga qarshi o‘yinda (2:2) Virs o‘z jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi, natijaviy harakatlarni amalga oshira olmadi va 63-daqiqada almashtirildi.













