Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Bavariya»ning Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi

«Bavariya»ning Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning 2026/2027 yilgi UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi o‘yinlari sanasi va boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Myunxenliklarning ushbu bosqichdagi o‘yinlar taqvimi UYEFA rasmiy saytida e’lon qilindi.

«Bavariya»ning Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi o‘yinlari:

1-tur: 10 sentyabr, «Bavariya» — «Budyo-Glimt»;
2-tur: 13 oktyabr, «Viking» — «Bavariya»;
3-tur: 21 oktyabr, «Bavariya» — «Arsenal»;
4-tur: 3 noyabr, «Atletiko» — «Bavariya»;
5-tur: 25 noyabr, «Lill» — «Bavariya»;
6-tur: 8 dekabr, «Bavariya» — «Slaviya»;
7-tur: 20 yanvar, «Manchester Yunayted» — «Bavariya»;
8-tur: 27 yanvar, «Bavariya» — «Betis».

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi. 2025/2026 yilgi mavsum finalida parijliklar Londonning «Arsenal» jamoasini 1:1, penaltilar bo‘yicha 4:3 hisobida mag‘lub etgan.

Joriy mavsum Chempionlar ligasi finali 2027 yil 5 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:28, 29.08.2026.
O'qildi: 1585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик