Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Firmino: «Enfild»ga qaytishni istardim»

Firmino: «Enfild»ga qaytishni istardim»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubi futbolchisi bo‘lgan Roberto Firmino faoliyatini yakunlaganidan so‘ng mersisaydliklar afsonalari ishtirokidagi o‘yinda maydonga tushishni istashini aytdi.

«Tan olishim kerak, yildan-yilga mavsumoldi tayyorgarliklar tobora qiyin kechmoqda. Ammo har safar maydonga chiqqanimda hanuz o‘sha hayajonni his qilaman. O‘zimni juda baxtli his qilyapman. Qo‘limdan kelganicha uzoqroq o‘ynashni xohlayman. Sog‘lom bo‘lib, jamoaga foyda keltira olar ekanman, davom etmoqchiman. Nega yana besh yil o‘ynab, 40 yoshimda faoliyatimni yakunlamasligim kerak?

Qachondir albatta “Enfild”ga qaytaman — bu o‘ziga xos joy. Men qaytib, xayrli ishlar uchun o‘tkaziladigan uchrashuvlardan birida klub afsonalari safida o‘ynashni istardim. Agar meni chaqirishsa — o‘ynayman.

“Liverpul”ni tark etganimga uch yil bo‘ldi, ammo hanuz jamoaning barcha o‘yinlarini ko‘rishga harakat qilaman. Bu klub men va oilam uchun juda katta ahamiyatga ega. Muxlislar bizga doimo ajoyib munosabatda bo‘lishgan. Bizda juda ko‘p ajoyib xotiralar bor. Klub uchun urgan barcha gollarim, qo‘lga kiritilgan sovrinlar va shahar paradlari bizga juda ko‘p quvonch bag‘ishlagan. U yerda shuncha uzoq vaqt o‘ynash imkoniyati — Xudoning sovg‘asi. Erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman», — deya Firminoning so‘zlarini The Athletic keltirmoqda.

Kiritildi: 17:36, 29.08.2026.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик