Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

La Liga. Baenaning dubli «Atletiko»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi

La Liga. Baenaning dubli «Atletiko»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» Ispaniya chempionatining 3-turida safarda «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Madridliklar birinchi bo‘limning o‘zida uchta gol urib, katta ustunlikka ega bo‘lishdi. 4-daqiqada Aleks Baena hisobni ochdi. 26-daqiqada Ademola Lukman «Atletiko»ning ikkinchi golini urdi.

33-daqiqada Baena yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl rasmiylashtirdi.

«Sevilya» ikkinchi bo‘limda bitta gol bilan javob qaytardi. 66-daqiqada Migel Anxel Syerra hisobni qisqartirdi, ammo bu mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.

Shu tariqa, «Atletiko» 3 ta o‘yindan keyin 7 ochko to‘plab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Sevilya» esa 6 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:59, 30.08.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик