«Nyukasl» hujumchisi Yoan Vissa Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Tottenxem» ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoadagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Biz ko‘plab futbolchilarni yo‘qotdik, ammo klub yaxshi ishladi. Bu juda muhim, chunki oldimizda jiddiy sinov turibdi. Har bir futbolchi oldinga qadam tashlashi kerak. Masalan, men o‘tgan mavsumda o‘ynamaganman. Endi esa imkoniyatga egaman, shuning uchun undan foydalanishim va har bir lahzadan zavq olishim kerak», — deya Vissaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Forvard jamoaga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarni ham alohida e’tirof etdi.
«Bizda yangi o‘yinchilar ko‘p. Amar Dedich bugun ajoyib o‘ynadi. Entoni Elanga ham shunday. Biz yana bir qadam oldinga tashlashimiz va bu sinovga tayyor bo‘lishimiz kerak. Muxlislar orqamizda turgan paytda bizni hech kim to‘xtata olmaydi».
Vissa, shuningdek, jamoadagi murabbiylik o‘zgarishiga ham to‘xtaldi.
«Xau juda katta ish qildi va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Lekin yangi murabbiy o‘zi bilan yangi uslubni olib keldi. O‘yinning barcha jihatlarida yanada aniqroq harakat qilishga urinyapmiz. U juda dinamik murabbiy va biz har bir o‘yinda bor kuchimizni berishimiz kerak. Menimcha, u — «Nyukasl»ning eng yaxshi transferi», — dedi Vissa.
«Nyukasl» ikki turdan keyin 4 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Yozgi transfer oynasida katta mablag‘ sarflagan «Tottenxem» esa hali ochko jamg‘ara olmagan va so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.













