«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Monreal»ga qarshi 7:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda poker qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
39 yoshli argentinalik futbolchi shu tariqa golli seriyasini ketma-ket uchta uchrashuvga yetkazdi.
Messining samarali harakat qayd etayotgan seriyasi esa to‘rtta o‘yinga cho‘zildi. U mazkur davr mobaynida 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Umuman olganda, Lionel Messi MLSning joriy mavsumida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.













