29 avgust kuni «Tottenxem» Angliya Premyer-ligasining 2-turida o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Antoni Elanga va Yoan Vissa gol urdi.
Elanga chempionatning 1-turida ham «Liverpul» darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Shu tariqa, Shvesiya terma jamoasi vingeri APL yangi mavsumining dastlabki ikki uchrashuvida ham gol urib, «Nyukasl»ning 23 yil avvalgi natijasini takrorladi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, «Nyukasl» safida bunga qadar so‘nggi marta bunday natijani afsonaviy hujumchi Alan Shirer 2003/04 yilgi mavsumda qayd etgan edi.













