Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

Gakpo "Siti" bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Gakpo "Siti" bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning niderlandiyalik vingeri Kodi Gakpo "Manchester Siti"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, "shaharliklar" futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Endi Manchester klubi transferni yakunlash uchun "Liverpul" bilan kelishib olishi kerak. Kutilishicha, bitim qiymati 100 million yevro atrofida bo‘ladi.

Bu kurashda "Manchester Siti" avvalroq Gakpo uchun 80 million yevro taklif qilgan "Tottenxem"ni ortda qoldirgan.

27 yoshli futbolchi yangi mavsumda Angliya Premyer-ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Kiritildi: 10:12, 30.08.2026.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик