«Milan» matbuot xizmati portugaliyalik yarim himoyachi Rafael Leau jamoani tark etganini ma’lum qildi. Mashhur vinger faoliyatini Istanbulning «Galatasaroy» klubida davom ettiradi.
«Rossonerilar» futbolchiga professionalligi va sadoqati uchun minnatdorlik bildirib, faoliyatining yangi bosqichida unga omad tiladi.
Leau 2019 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelgan. 27 yoshli portugaliyalik vinger italiyaliklar tarkibida jami 291 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Rafael 80 ta gol va 65 ta golli uzatma qayd etgan.













