Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Neftchi» — «Paxtakor» uchrashuvi so‘nggi to‘rt mavsum ko‘rsatkichlarini ortda qoldirdi

«Neftchi» — «Paxtakor» uchrashuvi so‘nggi to‘rt mavsum ko‘rsatkichlarini ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Paxtakor» uchrashuvini stadiondan 18 777 nafar muxlis tomosha qildi.

E’tiborlisi, bitta uchrashuvda qayd etilgan ushbu ko‘rsatkich musobaqaning so‘nggi to‘rt mavsumining har birida nimchorak final bosqichidagi barcha o‘yinlarga tashrif buyurgan muxlislar umumiy sonidan ham yuqori bo‘ldi.

Taqqoslash uchun, O‘zbekiston kubogi nimchorak finalida 2022 yilda jami 14 345, 2023 yilda 13 947, 2024 yilda 13 768, 2025 yilda esa 12 904 nafar muxlis stadionlarga tashrif buyurgan.

«Neftchi» — «Paxtakor» bahsi esa bir o‘zi 18 777 nafar tomoshabinni stadionga jalb qildi.

Uchrashuv «Neftchi»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va Farg‘ona klubi O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:10, 30.08.2026.
O'qildi: 1593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик