Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Flik Livakovichning «Barselona»dagi roli haqida gapirdi

Flik Livakovichning «Barselona»dagi roli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik yangi darvozabon Dominik Livakovichning jamoadagi roliga izoh berdi.

Xorvatiyalik golkiper so‘nggi mashg‘ulotlarda asosiy jamoa bilan ishlamoqda. Flikdan Livakovich Voysex Shesni bilan raqobatlashib, ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lishi mumkinmi, deb so‘raldi.

«Biz Shesnidan mamnunmiz. U jamoadagi vaziyatni juda yaxshi biladi. Shu bilan birga, tarkibimizda tajribali darvozabon borligidan ham xursandmiz», — dedi Flik.

Murabbiy Livakovichning transferi klubning uzoq muddatli rejalari bilan bog‘liq ekanini ham ta’kidladi.

«U bilan shartnoma imzolash kelajakka qaratilgan rejalarimizning bir qismi. Bu keyingi bosqich uchun qarashlarimizdan biri», — dedi germaniyalik mutaxassis.

«Barselona» 31 yoshli Livakovichni «Fenerbaxche»dan xarid qildi. Xorvatiyalik darvozabon bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolangan.

Kiritildi: 16:20, 30.08.2026.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик