«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik «Oltin to‘p» sovrini atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi.
«Bu mening ishim emas. O‘zimning ishim ham yetarlicha murakkab, shuning uchun bunday masalalarga e’tibor qaratishim shart emas. Jamoamda juda yaxshi futbolchilar, jahon darajasidagi o‘yinchilar bor.
Rostini aytsam, menga bunday muhokamalar yoqmaydi. Eng muhimi — jamoa. Bir futbolchini tanlab, unga eng yaxshi o‘yinchi sovrinini topshirish oson emas. Chunki dunyoda yuqori saviyali futbolchilar juda ko‘p», — dedi Flik.













