«Liverpul» sardori Virjil van Deyk Kodi Gakponing jamoadan ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «qizillar» hujumchisi «Manchester Siti»ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Mersisaydliklar 27 yoshli futbolchini uning o‘rniga munosib nomzod topilganidan so‘ng qo‘yib yuborishga tayyor.
Niderlandiyalik futbolchidan terma jamoadagi sherigi klubda qolishini xohlaydimi, deb so‘rashdi.
«Nima deb o‘ylaysiz? U sifatli futbolchi. Menimcha, biz sifatli futbolchilarni saqlab qolishimiz kerak.
Keyingi bir necha kun nimalar olib kelishini ko‘ramiz. Men uning nafaqat sifatli futbolchi bo‘lgani uchun, balki do‘stim bo‘lgani uchun ham qolishini xohlayman. U biz uchun juda muhim», — dedi van Deyk «Nottingem Forest» bilan 2:2 hisobidagi o‘yindan so‘ng.













