"Chelsi" vingeri Morgan Rojers yangi jamoasi safida yana natijali harakat qayd etdi.
Angliya Premyer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi uchrashuvda 24 yoshli futbolchi Pedru Netuning goliga uzatma berdi. Birinchi bo‘lim davomida "Chelsi" 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
Bu Rojersning London klubi safidagi ikkinchi rasmiy uchrashuvi hisoblanadi. U debyut bahsida "Fulxem" darvozasiga gol urgan edi.
Rojers joriy yilning iyul oyida "Aston Villa"dan "Chelsi"ga 117 million funt evaziga ko‘chib o‘tgan.













