Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Romano: Martinelli "Al-Hilol"ga o‘tadi

Romano: Martinelli "Al-Hilol"ga o‘tadi

Baho:
+ | -

"Al-Hilol" "Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli transferi bo‘yicha London klubi bilan kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, bonuslar bilan birga bitim qiymati 65 million yevrodan oshadi. Braziliyalik futbolchiga yaqin 24 soat ichida transferni yakunlash uchun yo‘lga chiqishga ruxsat berilgan.

Martinelli Saudiya Arabistoni klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

25 yoshli vinger 2019 yildan buyon "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Angliya klubiga Braziliyaning "Ituano" jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi.

Martinelli "Arsenal" safida jami 278 ta uchrashuv o‘tkazib, 62 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 18:39, 30.08.2026.
O'qildi: 1134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик