«Oltin to‘p»ni uch marta qo‘lga kiritgan Mishel Platini 2026 yilda ushbu sovrin «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliyaga nasib etishi kerak, deb hisoblaydi.
«Bu murakkab masala, chunki o‘n yil davomida Messi va Ronaldu davrini kuzatdik. Endi “Oltin to‘p” uchun kurash ancha ochiq, buni o‘tgan yili ham ko‘rdik.
Shuning uchun nomlarni aytmayman, ammo bu ro‘yxatda eng sermahsul futbolchi Kilian [Mbappe], deb o‘ylayman. Rodri jamoasi uchun juda muhim ekanini ko‘rdik, u jahon chempionatida ham ajoyib o‘ynadi. Eng iqtidorli futbolchi — Lamin Yamal. Fabian Ruis esa mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi... Mana, to‘rt nafar.
Ammo men “PSJ” futbolchisi Kvarasxeliyani afzal ko‘raman. U “PSJ” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Shuning uchun men unga ishora qilaman, ammo u mening mutlaq favoritim, demaganman. Sovringa munosib bo‘lgan to‘rt yoki besh futbolchi bor.
Kilian fantastik mavsum o‘tkazdi, eng yaxshi to‘purar bo‘ldi, ammo afsuski, odamlar “u hech narsa yuta olmadi”, deyishadi. Boshqalar esa ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi, ammo eng yaxshi to‘purar bo‘la olmadi», — dedi Platini.













