«Yuventus» Nik Voltemadeni tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Turin klubi hujumchini ijaraga olish masalasida «Nyukasl» bilan aloqaga chiqdi, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano. Nemis futbolchisi Jonatan Devid ketgan taqdirda hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, «Yuventus» Joshua Zirkzeega ham qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan mavsumda Voltemade APLda 33 ta o‘yinda 8 ta gol urgan.













