«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem «Malaga»ga qarshi o‘yinda (4:0) hisobni ochdi va ikkinchi golda ham ishtirok etdi.
U jamoa barcha pozisiyalarda yuqori saviyaga ega ekanini ta’kidladi. Angliyalik futbolchi maydonda ko‘proq erkinlikka ega bo‘layotgani va o‘yindan zavq olayotganini aytdi.
«Hozir men biroz erkinroq o‘ynayapman, jamoa ehtiyojidan kelib chiqib, yuqoriroq ko‘tarilishim yoki pastroq tushishim mumkin. Bundan juda zavq olyapman, shuning uchun ham yaxshi o‘ynayapman. Birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik, ammo so‘nggi 20 daqiqa juda yomon o‘tdi. Nega bunday bo‘lganini bilmayman, ammo ular yomon o‘tdi», dedi Jud.













