Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kivu A Seriyada g‘alabalar foizi bo‘yicha kuchli uchlikka kirdi

Kivu A Seriyada g‘alabalar foizi bo‘yicha kuchli uchlikka kirdi

Baho:
+ | -

"Inter" Italiya A Seriyasining 2-turida "Kalyari"ni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 9-daqiqada Hakan Chalxanoglu tomonidan urildi.

"Neradzurri" bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyada murabbiy sifatida 53 ta uchrashuv o‘tkazdi va ularning 32 tasida g‘alaba qozondi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, zamonaviy tarixda Italiya yuqori divizionida kamida 50 ta o‘yin o‘tkazgan murabbiylar orasida g‘alabalar foizi bo‘yicha Kivudan faqat ikki mutaxassis — Antonio Konte va Leonardo yuqori natija qayd etgan.

Kontening g‘alaba ko‘rsatkichi 66,3 foizni, Leonardoniki 60,7 foizni tashkil etgan. Kivuda esa bu ko‘rsatkich 60,4 foizga teng.

Kristian Kivu avval "Parma"ni boshqargan. U o‘tgan yil yozida Simone Indzagi o‘rniga "Inter" bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Kiritildi: 09:54, 31.08.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик