Londonning «Tottenxem» klubi yarim himoyachisi Pap Matar Sarr Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tadi va Turinning «Yuventus» klubi sharafini himoya qiladi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha barcha masalalarni to‘liq kelishib olgan. Futbolchining o‘zi ham «Keksa sinyora» safiga o‘tish istagida.
«Yuventus» Sarrni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Bitimning umumiy qiymati 30 million yevrogacha yetishi mumkin.
O‘tgan mavsum Angliya chempionatida 23 yoshli senegallik futbolchi 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Sarr ushbu bahslarda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













