Londonning «Tottenxem» klubiga tegishli bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi Mayki Mur faoliyatini Germaniyada davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
19 yoshli angliyalik futbolchining yangi jamoasi «Kyoln» bo‘ladi. «Echkilar» Murni 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ko‘zda tutilmaydi.
O‘tgan mavsumda vinger Shotlandiyaning «Reynjers» klubi sharafini himoya qildi. Mayki mahalliy chempionatda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













