Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Everton» forvardi «Fiorentina»ga o‘tish arafasida

«Everton» forvardi «Fiorentina»ga o‘tish arafasida

Baho:
+ | -

Angliyaning «Everton» klubi hujumchisi Betu Gomesh faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano Sky Sport ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Jurnalistning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, futbolchining yangi jamoasi «Fiorentina» bo‘ladi. Florensiya klubi Betu transferi bo‘yicha «Everton» bilan kelishuvga erishgan. Futbolchining tibbiy ko‘rigi 31 avgust, dushanba kuniga belgilangan.

O‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 28 yoshli hujumchi «Everton» safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Betu 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:38, 31.08.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик