«Strasbur» himoyachisi Gela Due yaqin vaqt ichida «Bayer» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya klubi 23 yoshli kot-d’Ivuarlik futbolchi uchun 37,5 million yevro to‘laydi.
Gela Due «PSJ» yarim himoyachisi Dezire Duening akasi hisoblanadi. U 2024 yil yozidan buyon «Strasbur» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Himoyachi Fransiya klubi safida jami 69 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Gela Duening bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.













