Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi hujumchisi Karim Benzema yaqin vaqt ichida jamoani tark etadi. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisida faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variant bor. Ular orasida Saudiya Arabistoni klublari ham mavjud.
38 yoshli fransiyalik futbolchiga «Al-SHabab» va u avval ham to‘p tepgan «Al-Ittihod» qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Benzemada MLSdan ham taklif borligi qayd etilgan. Ushbu chempionatda ayni paytda «Barselona»ning sobiq yulduzi Lionel Messi ham faoliyat olib bormoqda.
Benzema hozircha kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. Biroq bir narsa aniq — u hozircha futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida emas.













