Yaqinda «Kalyari»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda angliyalik yarim himoyachi Kyortis Jons Milanning «Inter» klubi safida debyut qildi. U ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi. O‘yindan so‘ng «neradzurrilar» bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa yangi a’zosining harakatlariga baho berdi.
«Biz uni anchadan buyon kuzatib kelayotgan edik. Uning yuqori sur’atda harakat qilishi, qat’iyatliligi va to‘p bilan ishlashdagi xotirjamligi bizga yoqadi. Bizda juda kuchli yarim himoyachilar guruhi yig‘ilgan. Mening vazifam — ularni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish va har bir futbolchining kayfiyatini yuqori darajada ushlab turish», — dedi Kivu Sky Sport Italia nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Jons avgust oyida «Inter» safiga qo‘shilib, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Mish-mishlarga ko‘ra, Italiya klubi 25 yoshli yarim himoyachi transferi uchun «Liverpul»ga 30 million yevro to‘lagan.













