Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Komo» uch oyda stadionini yangiladi va UEFA ruxsatini oldi

«Komo» uch oyda stadionini yangiladi va UEFA ruxsatini oldi

Baho:
+ | -

«Komo» UEFAdan Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarini «Juzeppe Sinigalya» stadionida o‘tkazish uchun ruxsat oldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

A Seriya klubi avvalroq stadion infratuzilmasi UEFA talablariga javob bermagani sababli yevrokubokdagi uy o‘yinlarini boshqa maydonda o‘tkazish xavfiga duch kelgan edi.

Sesk Fabregas boshchiligida o‘tgan mavsum A Seriyada 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Komo» shundan so‘ng darhol keng ko‘lamli ta’mirlash ishlarini boshladi. Rekonstruksiya ishlari uch oy davom etdi.

Loyiha doirasida darvozalardan biri ortidagi vaqtinchalik tribuna buzilib, uning o‘rniga yangi beton konstruksiya barpo etildi. Maydon qoplamasi to‘liq yangilanib, uning uzunligi 2,5 metrga kengaytirildi.

Shuningdek, futbolchilar tonneli va zaxira o‘rindiqlari boshqa joyga ko‘chirildi. Kiyinish xonalari va OAV uchun infratuzilma ham modernizasiya qilindi. Yangi mikst-zona, telestudiya va matbuot anjumani zali tashkil etildi.

Mahalliy kollej bilan kelishuv asosida stadion atrofida yana 150 ta avtomobil uchun to‘xtash joyi ham yaratildi.

UEFA ruxsatidan so‘ng «Komo» Chempionlar ligasidagi raqiblarini o‘z maydonida qabul qila oladi. Ular orasida «Manchester Yunayted», «Pari Sen-Jermen», «RB Leypsig» va «AYEK Afina» bor.

Kiritildi: 17:17, 31.08.2026.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик