Taniqli insayder Fabrisio Romano «Yuventus» hujumchisi Jonatan Devidning «Atletiko»ga kutilayotgan transferi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.
Uning xabar berishicha, 26 yoshli kanadalik futbolchining ijara kelishuviga 25 million yevroga sotib olish huquqi kiritiladi. Ushbu band majburiy bo‘lmaydi — 2027 yil yozida Madrid klubi hujumchining transfer huquqlarini to‘liq sotib olish yoki olmaslikni mustaqil hal qiladi.
Avvalroq Romano «Atletiko» va «Yuventus» Devidni ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qilgan edi. Shuningdek, Ispaniya klubi futbolchining maoshining yarmidan ko‘proq qismini o‘z zimmasiga olishi aytilgan.
Jonatan Devid 2025 yil yozidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Kanadalik hujumchi Turin klubiga erkin agent maqomida qo‘shilgan edi.













