«Aston Villa» Angliya Premyer-ligasining 2-turida o‘z maydonida «Arsenal»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Kanonirlar»ga g‘alaba keltirgan yagona golni 59-daqiqada Bukayo Saka urdi.
Unai Emeri boshchiligidagi «Aston Villa» yangi mavsumning dastlabki ikki turida nafaqat ochko jamg‘ara oldi va gol ura olmadi, balki raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, statistika yuritila boshlangan 2003/04 yilgi mavsumdan buyon APLning dastlabki ikki turida birorta ham aniq zarba bera olmagan jamoa atigi ikkinchi bor qayd etildi.
Bunga qadar bunday holat faqat 2017/18 yilgi mavsumda «Suonsi» bilan sodir bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» o‘tgan mavsum Angliya chempionatini 65 ochko bilan 4-o‘rinda yakunlagan.













