Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Milan» — «Lasio» o‘yini boshqa sanaga ko‘chirildi

«Milan» — «Lasio» o‘yini boshqa sanaga ko‘chirildi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan «Milan» — «Lasio» uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi.

Pianetamilan.it ma’lumotiga ko‘ra, dastlab 13 sentyabr, yakshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bahs bir kun oldin — 12 sentyabr, shanba kuniga belgilandi.

Shuningdek, uchrashuvning boshlanish vaqti ham o‘zgardi. Avvaliga bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, endi jamoalar soat 21:00 da maydonga tushadi.

O‘yinning ko‘chirilishi yevrokubok musobaqalari boshlanishi bilan bog‘liq.

«Milan» bu mavsum Chempionlar ligasida emas, Yevropa ligasida ishtirok etadi. Italiya klubi 16 sentyabr kuni ushbu musobaqa doirasida Portugaliyaning «Benfika» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Shu sababli «rossonerilar»ga yevrokubok uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt berish maqsadida «Lasio»ga qarshi chempionat bahsi bir kun oldinga surildi.

Kiritildi: 08:09, 01.09.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик