«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Kataloniyaliklar braziliyalik forvard transferi bo‘yicha «Arsenal» bilan kelishuvga erishgan. Dushanba kuni 29 yoshli futbolchi Barselona shahriga yetib keldi va La Liganing «Barselona» — «Rayo Valyekano» uchrashuvini «Kamp Nou»dan tomosha qildi. Bahs kataloniyaliklarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Men Jezusni eng yuqori darajadagi hujumchi deb hisoblayman. U bizga juda katta foyda keltirishi mumkin. Uning bu yerda ekanidan xursandman.
Gabrielni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati borligini bilganimda biroz hayron qoldim. Buning uchun Dekuga rahmat aytish kerak — u fantastik ish qildi», — dedi Flik.
Murabbiyning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gabriel Jezus transferi «Barselona»ga bonuslarni hisobga olmaganda 10 million yevroga tushadi.













