"Arsenal"dan "Barselona"ga o‘tishga yaqin turgan braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus tizzasining hozirgi holati haqida gapirdi.
"Men juda xursandman. Tizzamga kelsak, u ayni paytda a’lo holatda. Men sovrinlar yutish niyatidaman", — deya futbolchining so‘zlarini AS nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Jezus xochsimon paylaridan olgan jarohati tufayli uzoq vaqt maydondan tashqarida qolgan edi.
Gabriel Jezus 2022 yil yozidan buyon "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi va London klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari braziliyalik hujumchining bozor qiymatini 17 million yevro deb baholamoqda.













