«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Kubogining Myunxen klubi uchun qay darajada muhim ekani haqida fikr bildirdi.
«Bir marta finalda ishtirok etganingdan keyin, yana o‘sha bosqichga qaytishni istaysan. Biz musobaqada ketma-ket ikkinchi marta g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Bu haqda hamma orzu qiladi. Hatto «Osnabryuk» ham ushbu turnirda yorqin lahzalarni boshdan kechirishni orzu qiladi», — dedi Kompani jurnalistlarga.
Germaniya Kubogining o‘tgan mavsumdagi finalida «Bavariya» «Shtutgart»ni yirik — 3:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
2 sentyabr kuni Vensan Kompani shogirdlari musobaqaning 1/32 final bosqichida «Osnabryuk»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.













