Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«RB Leypsig» Marokash terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

«RB Leypsig» Marokash terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

«Roma» Neyl El-Aynauining transferi bo‘yicha «RB Leypsig» bilan kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Italiya klubi rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli marokashlik yarim himoyachi nemis klubiga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara asosida o‘tadi.

El-Aynaui «Roma» safida barcha musobaqalar doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bunga qadar marokashlik futbolchi Fransiyada «Lans» va «Nansi» klublari sharafini himoya qilgan.

El-Aynaui Marokash milliy terma jamoasi safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. U 2026 yilgi jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasidan ham o‘rin olgan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 00:37, 02.09.2026.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик