Nigeriya terma jamoasi yozda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, endi uning libosi milliy terma jamoalar orasida dunyodagi eng qimmat o‘ntalikka kirdi.
Ushbu ro‘yxatdan Niderlandiya, Portugaliya, Italiya, Angliya, Argentina, AQSH, Braziliya, Germaniya va Fransiya terma jamoalari ham o‘rin olgan.
Bunga Nigeriya futbol federasiyasining 2015 yildan buyon davom etib kelgan Nike bilan hamkorlikni yakunlab, Adidas bilan 8,5 million AQSH dollarilik shartnoma imzolaganidan keyin erishildi.
derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, bundan tashqari, Nigeriya futbol federasiyasi Adidas kompaniyasining mamlakat hududidagi barcha rasmiy sotuvlaridan 20 foiz ulush ham oladi.













