«Manchester Yunayted» rahbariyati yarim himoyachi Brunu Fernandesh bo‘yicha rejalarini belgilab oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «qizil-oqlar» portugaliyalik yarim himoyachi bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qilgan. Manchesterliklar futbolchiga 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. 31 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Fernandesh joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.













