Italiyalik hujumchi Stefan El-SHaaravi faoliyatini Genuyaning «Jenoa» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Insayder ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi erkin agent sifatida «Jenoa»ga o‘tishga yaqin. Tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.
33 yoshli hujumchining so‘nggi klubi «Roma» bo‘lgan. O‘tgan yozda futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetgan.
Stefan o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.













