Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

«Lion» Yaponiya terma jamoasi hujumchisini transfer qildi

«Lion» Yaponiya terma jamoasi hujumchisini transfer qildi

Baho:
+ | -

«Lion» rasmiy sayti Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Keyto Nakamuraning «Reyms»dan transfer qilinganini e’lon qildi.

26 yoshli yaponiyalik futbolchi yangi klubi bilan 2030 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Nakamura «Lion» tarixida jamoa sharafini himoya qiladigan ilk yaponiyalik futbolchi bo‘ladi.

Transfer qiymati 1 million yevroni tashkil etdi. Shu bilan birga, turli bonuslar hisobiga «Lion» yana 19,5 million yevrogacha to‘lov amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, «Reyms» futbolchi kelajakda qayta sotilsa, transferdan olinadigan foydaning 12,5 foiziga ega bo‘ladi.

«Men «Lion»ga qo‘shilganimdan juda xursandman. Bu buyuk klub. Yangi libosda maydonga tushish va jamoaga gollarim bilan foyda keltirishni intiqlik bilan kutyapman. Klub tarixidagi birinchi yaponiyalik futbolchi ekanimni bildim. Bu men uchun juda muhim va mamlakatimni munosib tarzda namoyish etishga umid qilaman», — dedi Nakamura.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Nakamura 2023 yildan buyon «Reyms» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U klub safida 97 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urgan.

Kiritildi: 06:38, 03.09.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик