Hozirda «Milan» sharafini himoya qilayotgan Luka Modrich «Real»dagi sobiq jamoadoshi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
Xorvatiyalik va angliyalik futbolchilar Madrid klubida ikki mavsum birga to‘p surgan.
«Men Bellingemdagi alohida jihatni birinchi kundanoq ko‘rgandim. Avvalo, futbolchi sifatida — chunki u juda iqtidorli. Keyinchalik esa uni inson sifatida ham yaxshiroq tanidim. Unda yetakchilik xususiyatlari bor.
«Santyago Bernabeu» muxlislari Judning nafaqat iqtidorini, balki ishga munosabati va fidoyiligini ham qadrlashadi. U maydonda bor kuchini beradi.
Uning 2026 yilgi jahon chempionatidagi va joriy mavsum boshidagi o‘yini — aql bovar qilmas darajada. U shu tarzda davom etishiga umid qilaman», — dedi Modrich.
Jud Bellingem «Real»ga 2023 yil yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan kelib qo‘shilgan.













