«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich «Real»da Toni Kroos va Kazemiro bilan birga to‘p surgan davrini esladi.
Modrich, Kroos va Kazemirodan iborat yarim himoya uchligi «Real»ning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynagan triolardan biri sifatida e’tirof etiladi.
«Bu haqda baho berish mening ishim emas. Bunday bahslar doim bo‘ladi, ammo men tanlov huquqini boshqalarga qoldirishni ma’qul ko‘raman.
Faqat shuni aytishim mumkinki, Kroos va Kazemiro bilan birga o‘ynash menga juda yoqardi. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunardik. Ular bilan maydon markazini birga nazorat qilish ajoyib edi», — dedi Modrich.
Toni Kroos 2024 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Kazemiro esa yozdan beri «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.













