«Santos» Braziliya kubogi chorak finalining javob uchrashuvida «Palmeyras» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bahs San-Pauludagi «Vila Belmiro» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar mezbonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo birinchi bo‘limning o‘zida almashtirildi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv «Palmeyras»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Palmeyras» Braziliya kubogining yarim finaliga yo‘l oldi.













