Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter Mayami» braziliyalik futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

«Inter Mayami» braziliyalik futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

«Palmeyras»ning hujumkor yarim himoyachisi Rikelme Fillipi faoliyatini MLSda davom ettiradi. 19 yoshli futbolchi «Inter Mayami» safiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Transfer tafsilotlari rasman ochiqlanmagan. Biroq Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, «Inter Mayami» futbolchi huquqlarining 60 foizini 4,2 million yevro evaziga sotib olgan.

Braziliyalik futbolchi Florida klubi bilan 2030 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Fillipi «Palmeyras» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klubning asosiy jamoasi safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» safida argentinalik yulduz Lionel Messi ham to‘p suradi.

Kiritildi: 11:55, 03.09.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик