Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi, avvalroq Ispaniyaning «Real Madrid» klubini boshqargan Karlo Anchelotti madridliklar mashg‘ulotiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Real» rasmiy sayti xabar berdi.
«Karlo Anchelotti «Real Madrid Siti»da jamoaga tashrif buyurdi. «Real»ning sobiq va Braziliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Valdebebasga kelib, mashg‘ulot oldidan Mourinyo va futbolchilar bilan ko‘rishdi», — deyiladi klub xabarida.
/i/o/m/1788433699774621666.jpg)
/i/r/r/1788433709228847508.jpg)
2026 yil iyun oyida «Real Madrid» bosh murabbiyligiga 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo tayinlangan edi.
Mourinyo avval ham 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. U madridliklar bilan 2011/12 mavsumida Ispaniya chempioni bo‘lgan, 2010/11 mavsumida mamlakat Kubogini va 2012 yilda Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.













