«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa mashg‘ulotlarida futbolchi sifatida ishtirok etadimi, degan savolga javob berdi.
«Yo‘q. Rostini aytsam, o‘yinni sog‘inmayapman va mashg‘ulotlarda ishtirok etishga unchalik xohishim ham yo‘q. O‘ylaymanki, avval ba’zida buni qilishimga to‘g‘ri kelardi. Hozir esa unchalik ko‘p emas.
Juda ko‘p vaqt o‘tdi. Endi faoliyatimning birinchi yoki ikkinchi yilidagidek buni o‘zimga ravo ko‘ra olmayman.
Menimcha, oldinga harakat qilish va o‘z rolimni bajarish kerak. Yigitlar mening bekor yurib, aralashishga urinib: “Bolalar, biz avval shunday o‘ynardik, mana bunday qilish kerak”, deb aytishimni xohlamaydi. Bu ish bermaydi, deb o‘ylayman.
Hozirgi rolim qayerda ekanini bilaman va u avvalgisidan ancha farq qiladi. Bu holat menga to‘liq mos keladi», — dedi Kerrik.













