«An-Nasr» bosh murabbiyi Anje Postekoglu The Howie Games podkastida Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Avstraliyalik mutaxassis portugaliyalik yulduzni hazilomuz tarzda «ko‘rinishi yaxshi xo‘roz» deb atadi.
Postekogluning ta’kidlashicha, u ko‘rgan buyuk futbolchilarning barchasini yuqori darajadagi motivasiya va diqqat-e’tibor birlashtiradi.
Uning fikricha, o‘zini buyuk deb hisoblaydigan futbolchilarga qaraganda kamtar o‘yinchilar bilan ishlash osonroq, chunki ular ko‘p mehnat qiladi va o‘z vazifasini to‘g‘ri bajaradi.
Postekoglu Ronaldu hanuz yuqori darajada motivasiyaga ega ekani va oldiga aniq maqsadlar qo‘yib kelayotganini ta’kidladi.
Mutaxassis portugaliyalik hujumchi faoliyatida 1000 ta gol urish chegarasiga yaqinlashganini qayd etib, bu natija «aql bovar qilmas darajada» bo‘lishini aytdi.













