Londonning «Arsenal» klubi vingeri Xristos Solis jamoadagi dastlabki oylari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
24 yoshli futbolchi iyul oyida Belgiyaning «Bryugge» klubidan 40 million yevro evaziga «kanonirlar» safiga qo‘shilgan.
«Arsenal»ga o‘tish — ajoyib hissiyot bo‘ldi, ayniqsa jamoa o‘tgan mavsumda chempion bo‘lganini hisobga olsak. Men bu yerda o‘zimni darhol uydagidek his qildim. Bu yerda kiyinish xonasida juda sog‘lom muhit bor. Hamma mashg‘ulotlarda bir-biriga yordam berishga harakat qiladi. Biz taraqqiy etishga intilayotgan yagona jamoamiz, barchamiz g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Shuning uchun mashg‘ulotlardagi talablar juda jiddiy», — deya Solisning so‘zlarini DailyAFC keltirdi.
Gresiyalik futbolchi «Arsenal» safidagi 3 ta o‘yinda 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.













